18-maktab oʻquvchilar ishtirokida "Yosh kitobxonlar" tanlovi oʻtkazildi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari "INFOLIB OʻZBEKISTON -2024" XIII Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari- yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!" Yosh kutubxonachilar-IV forumi oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 23-oktabr sanasida haftalik doirasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 18-maktab oʻquvchilar ishtirokida "Yosh kitobxonlar" tanlovi oʻtkazildi.Tanlovda "Quvnoqlar " va "Zukkolar" jamoasi foal ishtirok etishdi.Tanlovda krasvort, tezkor savollar, Odil Yoqubovning asarlaridan parchalar oʻqildi. Zukkolar jamoasi 9 balni, Quvnoqlar 6 ballni qoʻlga kiritdi. Zukkolar jamoasi gʻolib boʻldi. Tadbirda 12 nafar oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.