15-maktabning 7-sinf o‘quvchilari ishtirokid maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 9-sentyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot kutubxona markazi xodimlari hamda
15-maktabning 7-sinf o‘quvchilari ishtirokid maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda buyuk rus adibi jahon adabiyotining yirik namoyandasi Lev Nikolayevich Tolstoy tavalludining 198 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
⏺Tadbir davomida o‘quvchilarga Lev Tolstoyning hayoti va ijodiy faoliyati, uning jahon adabiyotidagi o‘rni hamda mashhur asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar adibning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Shuningdek, kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati, badiiy asarlarni mutolaa qilish orqali dunyoqarashni kengaytirish haqida fikrlar bildirildi.
🗣Mazkur tadbir o‘quvchilarga Lev Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishish, bilimlarini mustahkamlash, jamoada ishlash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.


