" 14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni " munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi
1993 - yilning 29 - dekabrida 14 - yanvar " Vatan himoyachilari kuni " deb e'lon qilindi. Yurtimizda Vatan himoyasi kabi sharafli ulug'vor ishga o'zini bag'ishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat e'zoz bilan qadrlanib, har yili " 14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni " katta bayram va shodiyona bilan nishonlanadi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Madaniyat markazi bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida adabiyotlar ko'rgazmasi, she'riy chiqishlar, konsert dasturlari bo'lib o'tdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib , hammaga birdek manzur bo'ldi.