14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 21-aprel kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Kutubxona fondidagi o'quvchilar yoshiga mos keladigan adabiyotlar o'qish uchun tavsiya qilindi. Ekskursiyada 22 nafar o'quvchilar ishtirok etdilar.



