14-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Boymashov Azizbek kutubxonamizga kitoblar sovg‘a qildi
Kitob — inson ma’naviyatini boyitadigan, qalbiga ezgulik va tafakkuriga nur olib kiradigan bebaho xazina. Kitob sovg‘a qilish esa nafaqat biror asarni hadya etish, balki bilim, ma’rifat va ezgu niyatni boshqalar bilan baham ko‘rishdir.
Shu maqsadda tashkil etilgan “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida 14-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Boymashov Azizbek kutubxonamizga kitoblar sovg‘a qildi.
💬Yosh kitobxonning ushbu tashabbusi barchamiz uchun ibratli. Zero, kutubxonaga hadya qilingan har bir kitob yangi kitobxonning dunyoqarashini kengaytirishi, bilimini oshirishi va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishi mumkin.
Azizbekning kitobga bo‘lgan mehrini ezgu amal orqali namoyon etgani, tengdoshlari va boshqa kitobxonlarni ham kitob ulashishga undashi tahsinga loyiq. Bunday tashabbuslar kutubxona fondini boyitish bilan birga, jamiyatimizda kitobxonlik madaniyati, o‘zaro hurmat va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📖 Azizbek, kutubxonamizga kitoblar hadya qilganingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Sizning ushbu ezgu ishingiz boshqa yoshlarimizga ham o‘rnak bo‘lsin. Hadya qilgan kitoblaringiz ko‘plab kitobxonlar qo‘liga yetib borib, ularning qalbida yangi orzular, ezgu maqsadlar va bilimga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otsin!
