11-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Tarixiy obidalar - ma'naviyatimiz koʻzgusi" nomli tadbir tashkil etildi.
Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim ilmiy tadqiqotlarni yodga olish maqsadida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 11-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Tarixiy obidalar - ma'naviyatimiz koʻzgusi" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga tariximiz , bir - biridan muhtasham obidalarimiz-u yodgorliklarimiz haqida ma'lumotlar berildi hamda oʻquvchilar tomonidan oʻzlari bilgan tarixiy obidalar haqida bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi. Tadbir qiziqarli savol - javoblar bilan davom etdi va yakunda eng faol qatnashgan oʻquvchilar sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tadbirda 25 ta oʻquvchi faol qatnashdi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.