1-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 28-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin Vodiy MFYda joylashgan 17-umumiy o'rta ta'lim maktabining 1-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda oʻquvchilarga jahon xalq ertaklari kitobidan "Bahor elchisi" nomli ertak soʻzlab berildi va o'quvchilar ham o'zlari o'qigan ertak kitoblardan parchalar aytib oʻtdilar. Shuningdek tuman markazida barpo etilgan yangi zamonaviy axborot-kutubxona markazi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ham maʼlumotlar berib o'tildi.


