Abdulhamid Choʻlpon hayoti va ijodiga bagʻishlangan uslubiy qoʻllanma.
Muallif: Iqbol Narbayeva
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi
Nashr yili: 2024
Ko'rishlar soni: 83
O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid
Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida
savdogar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad
Yunus o‘g‘li (1874 — 1929) dastlab dehqonchilik, so‘ngra bazzozlik bilan
shug‘ullangan. Taniqli jurnalist va yozuvchi Mo‘minjon Muhammadjonov
«Turmush urinishlari» kitobida qayd etishicha, Cho‘lponning otasi
Sulaymonqul o‘z davrining yetuk ziyolisi, ma’rifatparvar kishisi bo‘lgan. U
«Rasvo» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan, devon yaratgan.