![Bahor Qaytmaydi](https://dostlik-akm.uz/storage/uploads/images/photo_2022-06-08_16-31-19.jpg)
Bahor Qaytmaydi
Muallif: O'tkir Hoshimov
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: Yangi asr avlodi
Nashr yili: 2015
Ko'rishlar soni: 91
O‘tgan asrning 60–70-yillarida o‘zbek adabiyoti juda katta iste’dodlarni qabul qildi. Ham nazm, ham nasr, ham publitsistika o‘quvchilarni maroqli mutolaaga, mushohadaga chorladi. Biz O‘tkir Hoshimovni aynan o‘sha avlodning zabardast vakili sifatida taniymiz hamda asarlarini zavq bilan qayta-qayta o‘qiymiz. O‘tkir Hoshimovda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Uning qahramonlari aksari go‘dakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir.
“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969-yilda yozilgan. Qissada yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug‘ maqsadlardan mahrum хudbin yigitning tanazzul tariхini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib bergan. Oradan o‘tgan 45 yil qisqa muddat bo‘lmasa-da, voqealar bugun ham davom etyapti. Hayotdagi Alimardon To‘rayevlar uchun ushbu asar ko‘zgu, hayotiy saboq bo‘lsa, ajab emas.